Improvement of English Teaching Technologies in The Development of Professional Competences of Students in The Veterinary Field

Authors

Kenjabayev Shokir Abdulkhalimovich
Tashkent Branch of Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry, and Biotechnology, Uzbekistan

Synopsis

Mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi ta’lim tizimining oldiga xorijiy tillarni mukammal va puxta egallagan kuchli mutaxassis kadrlarni tayyorlash vazifalarini qo’ydi. Bugungi kunda ta’lim tizimimizning oldiga «Mamlakatimizda bir nechta xorijiy tillarni biluvchi zamonaviy xodimlar tayyorlash, xorijiy tillar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, til o‘rgatish metodologiyasini yaxshilash»1 kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu vazifalarni amalga oshirishda xorijiy tillarda kommunikativ faoliyat ko‘rsatish, shaxsga yo‘naltirilgan kompetensiyani egallashga mo‘ljallangan integrativ yondashuv asosida o‘qitish metodikalarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va chet tillarni puxta o‘zlashtirgan turli soha mutaxassislarini tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi Ingliz tilini bilish istagi – bugungi davr va hayot talabi, har bir yosh yigit va qizlar uchun zaruriy ehtiyoj. O‘zbekistonda ingliz yoki boshqa biror xorijiy tillarni bilish yosh avlod uchun juda muhim. Mamlakatimizda ingliz tilini o‘qitish metodikasi qanchalik chuqur o‘rganilsa va amaliyotga joriy etilsa, taraqqiyotdagi xorij tajribalarini o‘rganish, xorij tillarida yaratilgan ilmiy va adabiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Yangi O‘zbekiston sharoitida uchinchi Renessansni yaratish imkoniyatlari kengayishiga xizmat qilishi shubhasiz. Monografiyada xorijiy tillarni sohaviy o‘rganish, uni rivojlantirish mamlakat ilmiy salohiyati va taraqqiyotini ta’minlashning muhim omillaridan biri ekanligi hamda bu borada “Yangilanayotgan O‘zbekiston”da olib borilayotgan izchil islohotlar va ularning mazmun mohiyati yoritilgan. Ushbu monografiyada keltirilgan xulosa va tavsiyalardan, xorijiy tillarni o‘qituvchi pedagogik faoliyat olib boruvchi mutaxassislar hamda tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.

Chapters

  • VETERINARIYA YO‘NALISHIDAGI TALABALAR-NING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJ-LANTIRISHDA INGLIZ TILINI O‘QITISH TEXNOLOGIYALARINING ILMIY-NAZARIY PEDA GOGIK ASOSLARI
  • VETERINARIYA YO‘NALISHIDAGI TALABALAR-NING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJ LANTIRISHDA INGLIZ TILINI O‘QITISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
  • VETERINARIYA YO‘NALISHIDAGI TALABALAR-NING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA INGLIZ TILINI O‘QITISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING AMALIY SHAKL, USUL VA VOSITALARI

Downloads

Published

June 4, 2025

License

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.